Tap to begin ❤️

For You

❤️

Tasodiflar ko'pdur dunyoda,
G'am chekmagin, o'ylama zinhor,
Uchrashmasdik taqdir bo'lmasa,
Ayt, sevgimni qilaymi izhor.

Sen qaydayu, men qayda deding,
Bo'lolmaydi oy quyosh ayro,
Samolarda oq qushlar kabi,
Uchayapmiz baxtlimiz go'yo.

Uchrashardi daryoga daryo,
Qalblar ketar bir kun toqnashib,
Agar qalbing istasa meni,
Borar edim dovonlar oshib.

Sen taqdirga ishonmaysanmi,
Axir buni deydilar taqdir,
Taqdirimga yozilgan bo'lsang,
Bu, azizam, albatta taqdir.